Sayt · Telegram bot · Admin panel

Vizitka emas — sotadigan tizim

Sayt, Telegram bot va admin panelni bitta tizim qilib yigʻamiz. Mijoz saytda yoki Telegramda buyurtma beradi — buyurtma darhol guruhingizga tushadi.

Qanday sayt kerakligini va qancha turishini bepul aytib beramiz.

Har bir buyurtma darhol Telegram guruhingizda.

01 — Xizmatlar

Nima qilamiz

Uchta xizmat — bitta uslubda. Sayt, bot va logo bir-birini toʻldiradi.

Veb-sayt

Biznesingizni koʻrsatadigan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri sotadigan sayt.

  • Vizitka, katalog yoki onlayn doʻkon
  • Brendingizga mos dizayn, shablon emas
  • Savat, xaritadan manzil, buyurtmani kuzatish

Narx: bepul tahlildan keyin aytamiz

Telegram bot

Mijozlaringiz allaqachon Telegramda. Bot ularga oʻsha yerda xizmat qiladi.

  • Buyurtma va savollarni qabul qiladi
  • Telegram ichida ochiladigan doʻkon
  • Buyurtmalar darhol guruhga tushadi

Narx: bepul tahlildan keyin aytamiz

Logo va brend

Sayt, bot va Instagram bir xil koʻrinishi uchun yagona uslub.

  • Logo va uning variantlari
  • Ranglar va shriftlar
  • Instagram uchun dizayn

Narx: bepul tahlildan keyin aytamiz

02 — Keys · Bukhur, Samarqand

Atir butigi uchun onlayn doʻkon

Sayt, Telegram va admin panel — bitta tizim.

  • Bukhur saytining bosh sahifasi
  • Atirlar katalogi, filtr va qidiruv
  • Yetkazib berish joyini xaritadan tanlash
  • Buyurtmani kuzatish sahifasi

Mijoz nima oldi

  • 128 ta atirli katalog, brend boʻyicha filtr va qidiruv
  • Hajm tanlanganda narx darhol oʻzgaradi
  • Xaritadan manzil va saytning oʻzida buyurtma
  • Buyurtmani onlayn kuzatish
  • Telegram ichida xarid, har bir buyurtma doʻkon guruhiga
  • Admin panel: narx, mavjudlik va holatlar — dasturchisiz

5 kunlik ish

  1. 1-kunDizayn: qatʼiy qora-oq uslub
  2. 1–2-kunKatalog, buyurtma, kuzatish, admin panel
  3. 4-kunTelegram ichidagi doʻkon
  4. 5-kunSoʻnggi tegishlar va ishga tushirish
Menga ham shunday tizim kerak

03 — Narx

Saytingiz qancha turadi?

Narx sayt ichida nima borligiga bogʻliq. Keraklisini belgilang — roʻyxat va taxminiy narx yonida chiqadi.

1. Sayt turi
2. Qoʻshimchalar

04 — Jarayon

Ish qanday boradi

  1. Bepul tahlil

    Biznesingiz va vazifangiz haqida gaplashamiz. Qanday sayt kerakligini va narxini aytamiz.

  2. Dizayn

    Brendingizga mos dizayn tayyorlaymiz. Kelishib olgach, keyingi bosqichga oʻtamiz.

  3. Ishlab chiqish

    Sayt, bot va admin panelni yigʻamiz. Har bir bosqichni koʻrsatib boramiz.

  4. Ishga tushirish

    Domen va hostingni ulaymiz, admin panelda ishlashni oʻrgatamiz.

05 — Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Sayt qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Vizitka tezroq, onlayn doʻkon koʻproq vaqt oladi. Aniq muddatni bepul tahlildan keyin aytamiz.

Narx nimaga bogʻliq?

Sayt ichida nima borligiga: brendga mos dizayn, filtrli katalog, savat va xaritadan manzil, admin panel, Telegram bilan bogʻlash. Vizitka biznesni koʻrsatadi, tizim esa sotadi.

Saytni keyin oʻzim oʻzgartira olamanmi?

Ha. Admin panel orqali narx, mavjudlik va buyurtma holatini dasturchisiz oʻzgartirasiz.

Telegram botni saytsiz ham qilasizlarmi?

Ha. Bot alohida ham ishlaydi: buyurtma qabul qiladi, savollarga javob beradi va xabarlarni guruhingizga yuboradi.

06 — Aloqa

Qanday sayt kerakligini bepul aytamiz

Ariza toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramimizga keladi.

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.